Arsenal vingeri Madueke o'zi haqida noto'g'ri fikrlar borligini aytdi

Arsenal vingeri Madueke o'zi haqida noto'g'ri fikrlar borligini aytdi

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Noni Madueke jamoatchilik orasida uning fe'l-atvori haqida noto'g'ri tasavvur shakllanganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

23 yoshli futbolchining aytishicha, ba'zilar uni kibrli, o'ziga ortiqcha ishonadigan yoki yetarlicha mehnat qilmaydigan futbolchi deb o'ylaydi. Madueke esa buning aksi ekanini, doim o'z ustida ishlashga va o'yinini yaxshilashga intilishini, ishiga jiddiy qarashini bildirib o'tdi.

Joriy mavsumda Madueke 26 uchrashuvda 6 gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. O'tgan yil iyulida «Arsenal» uni «Chelsi»dan 56 mln yevro evaziga sotib olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.