Bilyaletdinov Ronalduning yuqori darajaga intilishini e'tirof etdi

Bilyaletdinov Ronalduning yuqori darajaga intilishini e'tirof etdi

Tajribali murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida to'p surayotgan hujumchi Krishtianu Ronalduning hozirgi formasiga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis fikricha, portugaliyalik yulduz o'ziga xos futbolchi bo'lib, uning natijalarini takrorlash deyarli imkonsiz. Bilyaletdinov 40 yoshdan oshganiga qaramay, Ronaldu hanuz eng yuqori darajada o'ynashga intilayotganini alohida ta'kidladi.

Joriy mavsumda 41 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

Saudiya chempionatining 21-turidan keyin «An-Nasr» turnir jadvalida 52 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.