Arsenal vingeri Madueke o‘zi haqidagi gaplarga izoh berdi

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Noni Madueke jamoatchilik uning fe’l-atvorini ko‘pincha noto‘g‘ri baholashini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli futbolchining so‘zlariga ko‘ra, ayrim muxlislar uni manman, o‘ziga ortiqcha ishonadigan yoki yetarlicha mehnat qilmaydigan futbolchi sifatida ko‘rishadi. Madueke esa buning aksini ta’kidlab, doimiy ravishda o‘z ustida ishlashga intilishini va ishiga jiddiy yondashishini bildirdi.
Joriy mavsumda Madueke 26 uchrashuvda 6 gol urdi va 3 bor golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan yil iyulida «Arsenal» uni «Chelsi»dan 56 mln yevroga sotib olgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













