Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado kelganini e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgado va Rikelme transfer masalalarini jadallashtirishga kirishadi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga eng sermahsul to‘purar bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.