Dro Fernandes PSJ safidagi ilk asosiy o'yinidan so'ng gapirdi

Dro Fernandes PSJ safidagi ilk asosiy o'yinidan so'ng gapirdi

PSJ yarim himoyachisi Dro Fernandes Parij klubida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. 18 yoshli ispaniyalik futbolchi Liga 1 doirasida «Mets»ga qarshi shanba kungi bahsni startdan boshladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv parijliklarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Fernandes 63-daqiqada zaxiraga olindi.

O'yindan keyin futbolchi L1+ kanaliga intervyu berib, o'zini yaxshi his qilayotganini va asta-sekin o'yinini kuchaytirib borayotganini ta'kidladi. «Bu yerga o'yin amaliyoti uchun keldim, ritmni ushlashni xohlayman. G'alaba qozonganimizdan xursandman, ishlashda davom etish kerak», — dedi PSJning yangi a'zosi.

Eslatib o'tamiz, fransuz grandi Dro Fernandesni qishki transferlar vaqtida «Barselona»dan 8,2 mln yevro evaziga sotib olgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.