Dimarko Mxitaryan uchrashuv qahramoni bo'lishi kerakligini aytdi

Dimarko Mxitaryan uchrashuv qahramoni bo'lishi kerakligini aytdi

Milanning “Inter” jamoasi chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko A Seriyadagi “Lechche”ga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Neradzurrilar” hisobni faqat 75-daqiqada Genrix Mxitaryan kiritgan gol evaziga ochdi. 82-daqiqada esa Dimarko uzatmasidan keyin Manuel Akandji gol urib, uchrashuvdagi yakuniy natijani belgilab qo‘ydi. O‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida aynan Dimarko e’tirof etildi.

“Menimcha, bu sovringa Mxitaryan ko‘proq loyiq edi — u juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Mukofotni bolalarimga beraman, ular bu sovg‘alarni yaxshi ko‘rishadi va men uchun saqlab qo‘yishadi. Jamoaning natijasi har doim shaxsiy sovrinlardan ustun”, — dedi Dimarko.

U shuningdek, Mxitaryanning goli jamoaga yengillik berganini ta’kidladi: “Biz juda qiyin bo‘lishini bilardik, chunki ‘Lechche’ tartibli va yaxshi tashkil etilgan jamoa”, — deya DAZN’ga bergan intervyusida qo‘shimcha qildi.

Bu g‘alabadan keyin “Inter” ikkinchi o‘rindagi “Milan”dan 10 ochkoga uzoqlashdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.