Raul Asensio Osasunaga yutqazilgach chorshanbani o'ylamoqda

Madridning «Real» jamoasi markaziy himoyachisi Raul Asensio «Osasuna»ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pamplonaliklar La Liga jadvali peshqadami ustidan g'alabani 90-daqiqadagi gol evaziga qo'lga kiritdi. Mehmonlar safida 73-daqiqada Vinisius Junior yagona to'pni kiritdi.
«G'alaba qozona olmaganimiz uchun ko'nglimiz xira. Endi butun e'tiborimiz chorshanbaga qaratilgan. Hala Madrid», — deb yozdi Asensio.
25 fevral, chorshanba kuni «qaymoqranglilar» Chempionlar ligasi pley-offidagi «Benfika»ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazadi. O'tgan seshanba Portugaliya poytaxtida bo'lib o'tgan ilk bahsda Alvaro Arbeloa jamoasi minimal hisobda g'alaba qilgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













