Boka Juniors yangi sport direktorini rasman e'lon qildi

Boka Juniors yangi sport direktorini rasman e'lon qildi

Argentina grandi «Boka Juniors» klubida sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi. Klub ma'lumotiga ko'ra, u jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Boka Juniors» tarkibni tezkor kuchaytirishga muhtoj va yangi rahbariyat oldida transfer hamda jamoani mustahkamlash bo'yicha dolzarb vazifalar turibdi.

Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuv o'tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores Kubogi to'purari bo'lgan — u bu sovrinni «Santos» hujumchisi braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qo'lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.