Autsayderlar bahsida Sankt-Pauli Verderdan ustun keldi

Autsayderlar bahsida Sankt-Pauli Verderdan ustun keldi

Bundesliga 23-turida «Sankt-Pauli» va «Verder» o‘rtasidagi uchrashuvda xavfli vaziyatlar juda kam bo‘ldi. Shunga qaramay, mezbonlar yaratgan imkoniyatlaridan unumli foydalandi va o‘yin yakunida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Birinchi bo‘lim sust tempda o‘tdi, tanaffusdan keyin esa epizodlar ko‘paydi: Samuel Mbangula jarima maydoni ichidan zarba berdi, darvozabon esa a’lo reaksiya bilan qutqardi. 56-daqiqada Danel Sinanining uzatmasidan so‘ng Xauke Val bosh bilan hisobni ochdi — 1:0.

Oradan ko‘p o‘tmay, Yovan Miloshevich qaytgan to‘pni darvozaga joylab, muvozanatni tikladi — 1:1. 71-daqiqada esa «Sankt-Pauli»ning navbatdagi hujumi gol bilan yakunlandi: Manolis Saliakas assist muallifi bo‘ldi, Joel Chima Fudzita aniq zarbasi bilan mezbonlarga g‘alaba keltirdi — 2:1.

Ushbu natijadan so‘ng «Sankt-Pauli» uch ochkoni qo‘lga kiritib, «Verder»ni quyi zona tomon siqib chiqardi. Mezbonlar esa jadvalda pastdan uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.