Arteta Tottenhem ustidan g'alabadan so'ng poyga haqida gapirdi

Arteta Tottenhem ustidan g'alabadan so'ng poyga haqida gapirdi

Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta APLdagi chempionlik poygasi borasidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni «kanonirlar» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag'lub etib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan «Manchester Siti»dan ustunligini yana besh ochkoga yetkazdi. Biroq «shaharliklar» bir o'yin kam o'tkazgan.

«Biz o'yindan o'yinga qarayapmiz. Oldinda uzoq yo'l turibdi: kubok bahslari ham bor, Chempionlar ligasi ham. Haqiqiy marafon kutyapti, ammo bundan zavqlanish kerak. Bugun biz bu bobni yozishni xohladik va bunga erishdik», — deya Artetaning so'zlarini ingliz OAViga tayanib «Gazeta.Ru» keltirdi.

1 mart kuni «Arsenal» o'z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.