Anchelotti Ronalduning tiklanish haqidagi gapini esladi

Anchelotti Ronalduning tiklanish haqidagi gapini esladi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Krishtianu Ronalduning professionalligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Anchelottining aytishicha, u ishlagan futbolchilar orasida Ronaldu eng intizomlilaridan biri. Murabbiy Ronalduning bir gapini ham yodga oldi: «Juda ko‘p suv o‘simlikni nobud qiladi». Uning ta’kidlashicha, futbol jismonan katta yuklama talab qiladi, biroq tiklanish jarayoni ham nihoyatda muhim — ko‘plab jarohatlar aynan ortiqcha zo‘riqish oqibatida yuzaga keladi.

41 yoshli Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonida «Al-Nasr» safida o‘ynamoqda. Portugaliyalik yulduzning amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.