Al-Nasr bosh murabbiy Zhezush bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Al-Nasr bosh murabbiy Zhezush bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiy Zhorzhe Zhezush bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klubda Zhezushning ishidan mamnun va kelasi mavsumda ham u bilan ishlashni xohlamoqda. Avvalroq murabbiy yozda Krishtianu Ronaldu jamoani tark etsa, Zhezush ham ketishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi, biroq yulduz hujumchi yaqinda klubda qolish niyatini bildirgan.

Zhezush «Al-Nasr»ni o‘tgan yilning iyulidan beri boshqarib kelmoqda. Hozirda jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.