Betis Sevilla derbisi oldidan ochiq mashg'ulotni qaytardi

Betis Sevilla derbisi oldidan ochiq mashg'ulotni qaytardi

Ispaniya chempionatidagi navbatdagi turda “Betis” “Sevilla”ga qarshi maydonga tushadi — butun Yevropada yaxshi tanilgan, murosasiz raqiblar o'rtasidagi derbi. Uchrashuv arafasida klub rahbariyati birinchi davrada omad keltirgan an'anani yana tiklashga qaror qildi: o'shanda “Betis” “Sevilla” maydonida 2:0 hisobida zafar quchgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap shanba kuni barcha xohlovchilar uchun ochiq tarzda o'tkaziladigan mashg'ulot haqida bormoqda. Mavsumning birinchi qismida shunday tadbirga 11 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurgan edi.

Eslatib o'tamiz, derbi yakshanba oqshomida bo'lib o'tadi. Joriy mavsumda “Betis”ning chempionatdagi natijalari “Sevilla”nikiga qaraganda ancha yaxshiroq kechmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.