Braziliya Anchelotti bilan yangi shartnoma borasida yangilik berdi

Braziliya Anchelotti bilan yangi shartnoma borasida yangilik berdi

Braziliya futbol konfederatsiyasi rahbari Samir Shaud terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda Shaudning soʻzlarini keltirdi: Anchelotti bilan yangi kelishuvni rasmiylashtirish jarayoni hozir byurokratik va yuridik kelishuv bosqichida turibdi.

Manbalarga ko'ra, italiyalik mutaxassis bilan tuziladigan yangi shartnoma 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan bo'ladi.

Anchelotti o'tgan yil may oyida Madridning «Real» klubidagi lavozimini tark etganidan so'ng Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida «selesao» 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.