Kapello Leau haqida U men uchun hujumchi emas dedi

Kapello Leau haqida U men uchun hujumchi emas dedi

Mashhur mutaxassis Fabio Kapello "Milan" yetakchisi Rafael Leauni markaziy hujumchi sifatida ko'rmasligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik futbolchi aslida qanot vingeri bo'lsa-da, so'nggi paytlarda ko'pincha hujum chizig'ida ham maydonga tushmoqda. Joriy mavsum A Seriyasida u 19 uchrashuvda 8 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

Kapelloning fikricha, Leau urgan gollari soniga qaramay, oldinda jamoa uchun tayanch nuqta bo'la olmaydi. "Men uchun u shunchaki hujumchi emas. Gollar sonini unuting — u oldingi chiziqda jamoaga yo'l ko'rsatadigan futbolchi bo'lib bera olmaydi", — deya Kapellodan iqtibos keltiradi La Gazzetta dello Sport.

26 turdan keyin "Milan" A Seriyasi jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Inter"dan 10 ochko ortda qolgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.