Vinisius ketma-ket besh o‘yinda gol urib seriyasini takrorladi

Vinisius ketma-ket besh o‘yinda gol urib seriyasini takrorladi

Madridning «Real» jamoasi Portugaliyaning «Benfika» klubidan ustun keldi va o‘tgan haftadagidek bu safar ham hisobni braziliyalik hujumchi Vinisius Junioryorib qo‘ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma’lum bo‘lishicha, Vinisius «Real» safida ketma-ket beshta uchrashuvda gol muallifiga aylanmoqda. Bu uning Madrid klubi tarkibidagi eng yaxshi seriyasini yana bir bor takrorladi.

Vinisius bunday natijani ilk bor 2022 yil avgust–sentabr oylarida, «Real» Chempionlar ligasi g‘olibi sifatida mavsumni boshlagan paytda qayd etgandi. O‘shanda u besh o‘yinda beshta gol urgan bo‘lsa, hozirgi besh bahsda uning hisobida oltita gol bor.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior 2019 yildan buyon Ispaniya grandi safida to‘p surib kelmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.