Barselona Frenki de Yongni kamida bir oyga yo‘qotdi

Barselona Frenki de Yongni kamida bir oyga yo‘qotdi

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmaydi. AS nashri xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchida sonning ikki boshli mushagi uzilishi aniqlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu jarohat sabab de Yong kamida bir oy maydonga tusha olmaydi.

2025/2026 yilgi mavsumda Frenki de Yong «Barselona» safida 31 ta uchrashuv o‘tkazdi. Uning hisobida 1 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.

La Liga turnir jadvalida «Barselona» yetakchilik qilmoqda: jamoa ikkinchi o‘rindagi «Real»dan 1 ochko oldinda. Hans-Diter Flik boshqaruvidagi kataloniyaliklar navbatdagi o‘yinini 28 fevral kuni o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi — uchrashuv 20:15 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.