Barselona Frenki de Yong olti haftagacha safdan chiqdi

Barselona Frenki de Yong olti haftagacha safdan chiqdi

"Barselona" rasmiy sayti jamoa yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohat olganini ma'lum qildi. Niderlandiyalik futbolchi payshanba kungi mashg'ulotda shikastlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, 28 yoshli futbolchining o'ng sonining orqa qismi tashqi tomonida shikast aniqlangan.

Klub xabarida ta'kidlanishicha, de Yongning tiklanish muddati besh-olti hafta davom etadi. Shu bois u safga faqat aprel oyining birinchi yarmida qaytishi kutilmoqda.

Natijada, Frenki de Yong yaqin uchrashuvlarni, jumladan Chempionlar ligasi 1/8 finalidagi ikkala o'yinni ham o'tkazib yuboradi.

"Barselona" 28 fevral, shanba kuni "Vilyarreal"ni qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.