Pavlovich muvaffaqiyat siri sifatida Ronaldudan o'rnak oladi

Pavlovich muvaffaqiyat siri sifatida Ronaldudan o'rnak oladi

Myunxenning "Bavariya" klubida to'p surayotgan serbiyalik himoyachi, nemis pasportiga ega Aleksandr Pavlovich 21 yoshidayoq jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. U barqaror o'yinlarini oddiy izohlaydi: Pavlovich mashg'ulot va tayyorgarlik borasida Krishtianu Ronaldu yo'lidan ketmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Krishtianu men uchun hamma jihatdan ideal namuna. Uning mayda detallarigacha e'tibor berishi, jismoniy holati va temir intizomi menga muvaffaqiyat uchun o'zingni qanday tayyorlash kerakligini ko'rsatadigan sport mayog'iga aylandi", — deya Pavlovichning so'zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Ma'lumot uchun, Pavlovich 2023 yildan buyon "Bavariya" safida o'ynamoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.