Karpin yig'in o'yinlarida natija muhim emasligini aytdi

Karpin yig'in o'yinlarida natija muhim emasligini aytdi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Mali va Nikaragua terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis natijaga ortiqcha urg'u berish kerak emasligini ta'kidladi. Uning aytishicha, shtab hozir ishonch bildirayotgan va ko'rishni istayotgan futbolchilarning barchasini yig'inga chaqirmoqda. Karpin fors-major holatlar bo'lmasa, hamma belgilangan vaqtda terma jamoaga yetib kelishiga umid qilayotganini qo'shimcha qildi.

Rossiya — Nikaragua uchrashuvi 27 mart kuni Krasnodardagi stadionda bo'lib o'tadi. Mali bilan bahs esa 31 mart kuni Sankt-Peterburgda o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA va UYEFA qarori bilan xalqaro musobaqalardan chetlatilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.