Futbolda vaqtni choʻzishga qarshi yangi qoidalar kuchaytiriladi

Futbolda vaqtni choʻzishga qarshi yangi qoidalar kuchaytiriladi

2026/2027 mavsumidan boshlab futbol qoidalariga vaqtni ataylab choʻzish holatlariga qarshi qaratilgan yangiliklar kiritiladi. BBC xabariga ko'ra, bunday vaziyat qayd etilsa, toʻp raqib jamoaga beriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agar vaqtni choʻzish darvozabonning darvozadan zarba (udar ot vorot)ni bajarishi paytida aniqlansa, qarama-qarshi jamoa burchak toʻpi tepish huquqini qoʻlga kiritadi.

Yana bir muhim detal: futbolchi almashtirilayotganda u maydonni tark etishi uchun 10 soniya beriladi. Agar oʻyinchi belgilangan vaqt ichida chiqib ketmasa, uning oʻrniga tushadigan futbolchi 60 soniyadan keyin oʻyinga qoʻshila oladi — natijada jamoa bir daqiqa davomida bir kishi kam bo'lib qoladi.

Avvalroq futbolga yaqin orada «Vinisius qoidasi» ham kiritilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.