"Atletiko" qanday qilib "Tottenxem"ni ayanchli hisobda yengdi? (video)

"Atletiko" qanday qilib "Tottenxem"ni ayanchli hisobda yengdi? (video)

YECHL 1/8 final doirasidagi \"Atletiko\" — \"Tottenxem\" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Madrid klubi londonliklarni 5:2 hisobida mag‘lub etishdi. “Atletiko” safida gollarga Markos Lorente, Antuan Grizmann, Xulian Alvares (dubl) va Robin Le Norman mualliflik qildi, “Tottenxem”dan esa Pedro Porro va Dominik Solanke o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

YECHL. 1/8 final

Atletiko — Tottenhem 5:2

Gollar: Liorente 6, Grizmann 14, Alvares 15, 55, Le Norman 22 – Porro 26, Solanke 76.

Atletiko – Oblak, Rujjeri, Hansko, Pubil, Le Norman, Liorente (Syorlot, 69), Simeone, Grizmann (Koke, 81), Alvares (Niko Gonsales, 73), Lukman (Barrios, 69).

Tottenhem – Kinski, Danso, Tel (Gallaher, 46), Grey, Romero, Porro, Spens (Simons, 83), Sarr, van de Ven, Risharlison, Kolo Muani.

Shu tariqa, Madriddagi bahs 5:2 hisobida yakunlandi. “Atletiko” javob uchrashuvi oldidan ancha qulay ustunlikni qo‘lga kiritdi. Albatta, Chempionlar ligasida hech narsa oldindan hal bo‘lmaydi, ammo bu natija ispan klubiga katta psixologik va taktik afzallik berib turibdi. Javob o‘yini 18-mart kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.