Micro Center Ryzen 7 9850X3D xaridorlariga bepul plata taqdim etmoqda

Micro Center Ryzen 7 9850X3D xaridorlariga bepul plata taqdim etmoqda

AQSHning yirik Micro Center riteyleri yangi kompyuter yigʻayotgan yoki tizimni yangilashni rejalashtirayotgan foydalanuvchilar uchun oʻta foydali toʻplamlarni taklif qila boshladi. Maxsus aksiya doirasida 8 yadroli Ryzen 7 9850X3D protsessori va Asus B850-E TUF Gaming ona platasidan iborat jamlanmani 500 dollarga sotib olish mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Taqqoslash uchun, 500 dollar — bu protsessorning tavsiya etilgan chakana narxi hisoblanadi, biroq hozirda AQSHda uni taxminan 450 dollarga topish mumkin. Bu shuni anglatadiki, xaridor tizim platasini deyarli bepul qoʻlga kiritmoqda. Shuningdek, ushbu toʻplamning 32 GB DDR5 Corsair Vengeance RGB xotirasi bilan kengaytirilgan versiyasi 700 dollardan sotilmoqda.

Doʻkon hisob-kitoblariga koʻra, komponentlarni alohida sotib olgandan koʻra, ushbu taklif orqali 370 dollargacha mablagʻni tejab qolish mumkin. Arzonroq yigʻmalar uchun esa AMD Ryzen 7 7800X3D va ASUS B650E WiFi platasidan iborat toʻplam 400 dollarga taklif etilmoqda.

Eng hamyonbop variant sifatida Ryzen 7500X3D protsessori va ASRock B850M-C ona platasi jamlanmasi koʻrsatilgan boʻlib, uning narxi bor-yoʻgʻi 300 dollarni tashkil etadi. Bunday aksiyalar yangi avlod protsessorlariga boʻlgan talabni oshirishga xizmat qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.