"Napoli" kambek qilib "Lechche"ni mag‘lub etdi: 3 ochko "cho‘ntak"da (video)

"Napoli" kambek qilib "Lechche"ni mag‘lub etdi: 3 ochko "cho‘ntak"da (video)

Italiya A Seriyasining 29-turida «Napoli» o‘z maydonida «Lechche» jamoasini qabul qildi. Qiziqarli va dramatik kechgan bahs yakunida neapolliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi o‘rnini yanada mustahkamladi.

Uchrashuv kutilmagan holda mehmonlar ustunligi bilan boshlandi. O‘yinning 3-daqiqasida Zibert aniq zarba bilan hisobni ochib, «Lechche»ni oldinga olib chiqdi. Ilk bo‘limda mezbonlar bir necha bor xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan «Napoli» hujumkor o‘yinni kuchaytirdi. Natijada 46-daqiqada hujumchi Rasmus Hoylund raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Bu gol mezbonlarga yangi kuch va ishonch bag‘ishladi.

Uchrashuvning 67-daqiqasida esa Matteo Politano chiroyli hujumni gol bilan yakunlab, «Napoli»ni oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda «Lechche» hisobni tenglashtirishga uringan bo‘lsa-da, neapolliklar ustunlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, Antonio Konte boshqarayotgan «Napoli» ochkolari sonini 59 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. «Lechche» esa 27 ochko bilan hozircha 16-pog‘onada qolmoqda.

A Seriya. 29-tur

Napoli — Lechche 2:1

Gollar: Zibert 3 (0:1), Hoylund 46 (1:1), Politano 67 (2:1).

Napoli: Meret, Buondjorno, Olivera, Bekema, Gilmor, Angissa (Maktominay, 46), Spinatssola (Gutiyerres, 73), Politano (Matssokki, 73), Elmas (De Bryuyne, 46), Santos, Hoylund.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.