De Laurentis Italiya futbolini inqirozdan chiqarish rejasini ochiqladi

De Laurentis Italiya futbolini inqirozdan chiqarish rejasini ochiqladi

Italiya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 yo‘llanmasidan \"quruq qolishi\" ortidan, “Napoli” klubi prezidenti Aurelio De Laurentis mamlakat futbolidagi keskin vaziyatni bartaraf etish uchun batafsil rejasini eʼlon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Jennaro Gattuzo shogirdlari hal qiluvchi bahsda Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berib (1:1, pen. 1:4) ketma-ket uchinchi bor mundialsiz qolgandi. Bu natija nafaqat terma jamoa, balki butun Italiya futbol muhiti uchun og‘ir zarba bo‘ldi.

De Laurentisning fikricha, “Seriya Ada ilgari 16 ta jamoa ishtirok etardi, hozir esa 20 ta. Agar biz yana 16 talik formatga qaytsak va Saudiya Arabistonida Superkubok uchrashuvlarini to‘xtatsak, futbolchilarning energiyasini tejay olardik. Ularga maoshni FIFA yoki UYEFA emas, balki biz to‘laymiz. Bu holat terma jamoa uchun mashg‘ulotlar va tayyorgarlik uchun qo‘shimcha vaqt yaratadi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir aybdor qidirishdan foyda yo‘q, chunki Italiya futboli uzoq yillardan beri “uyquda” va o‘zgarishsiz qolib kelgan. De Laurentis esa bu jarayonda haqiqat yo‘lida turish va samarali islohotlar amalga oshirishga ishonch bildirdi.

Shu tariqa, Italiya futbolining tizimli muammolari va De Laurentisning taklif qilgan ehtimoliy islohotlari yaqin orada qizg‘in muhokamalar va keng jamoatchilik eʼtiroziga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.