Bahodir Jalolov erkak kishini sindiradigan ikki omilni ochdi

Bahodir Jalolov erkak kishini sindiradigan ikki omilni ochdi

Mashhur bokschi, Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov intervyularidan birida erkak kishining hayotida eng katta to‘siq bo‘ladigan omillar haqida fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, erkakni sindiradigan ikkita asosiy narsa bor: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi — ayollar va ichkilik. Agar shu ikki omildan uzoq yursa, erkak hamma narsani yenga oladi, har qanday maqsadiga erishadi. Alloh ham uning yo‘lini ochadi”, — dedi sportchi.

Jalolovning fikricha, inson o‘zini nazorat qila olsa va zararli odatlardan tiyilsa, uning ishlari ham o‘z-o‘zidan rivoj topadi: “Agar erkak ayol va ichkilikdan tiyilsa, uning ishiga ham Alloh baraka beradi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, chempion o‘z hayotiy tamoyillari haqida ham gapirdi. “Men o‘zimni shu ikki narsadan uzoq tutganman. Eng muhimi — yulduzlik kasaliga chalinmaslik. Inson avvalo Allohdan shuni so‘rashi kerak. Qolganini Allohning o‘zi to‘g‘rilab, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi”, — dedi u.

Mazkur fikrlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘plab kuzatuvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.