Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27 may kuniga to‘g‘ri keladi va bu holatda fuqarolar ketma-ket besh kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash hamda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi Prezident farmoniga muvofiq, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 28 may — payshanba va 29 may — juma qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan.
Shuningdek, olti kunlik ish haftasida faoliyat yuritadigan xodimlar uchun 30 may — shanba kuni ham qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Haftasiga besh kun ishlaydiganlar uchun esa bu kun odatiy dam olish kuni hisoblanadi.
— 27 may, chorshanba — Qurbon hayiti;
— 28 may, payshanba — qo‘shimcha dam olish kuni;
— 29 may, juma — qo‘shimcha dam olish kuni;
— 30 may, shanba — 6 kunlik ish haftasi uchun qo‘shimcha dam;
— 31 may, yakshanba — odatiy dam olish kuni.













