Mbappe: «Gol urmasam, meni maymun deydigan insonlar uchun o‘ynayapman»

Fransiya milliy terma jamoasi Yevro-2020 turnirining 1/8 finalida musobaqa bilan xayrlashgan edi. O‘shanda Kilian Mbappe penaltilar seriyasida xato qilib, bu xatosi sababli milliy jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lgan.
Mbappe The Bridge podkastiga bergan intervyusida shunday dedi: «Meni haqorat qila boshlashdi. Men esa shunday o‘yladim: «Terma jamoa men uchun eng oliy daraja, lekin gol urmasang, seni darrov loyqaga botirishadi». Bu voqea mening terma jamoaga bo‘lgan qarashimni butunlay o‘zgartirdi. Hamma narsani bir savatga solib bo‘lmas ekan, chunki ular o‘sha savatni olib, darrov axlatga uloqtirishadi. Bu men uchun juda shafqatsiz edi.»
Mbappe yana-da qo‘shimcha qildi: «Men qaytishni istamasligimni bildirdim. Fransiya futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Noel Le Grae bilan uchrashdim va shunday dedim: “Boshqa o‘ynamayman. Meni gol urmasam maymun deb ataydigan odamlar uchun maydonga chiqolmayman”. Le Grae esa javob berdi: “Mening xonamdan chiqib ketasan-u, men rozi bo‘laman deb o‘ylaysanmi? Buni unut”».
Natijada, Mbappe jamoada qoldi va ikki yildan so‘ng Fransiya JCH-2022 finaligacha yetib bordi. Bu voqea Mbappening tashqi bosim va tanqidga qaramay, professionalizm va ruhiy barqarorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.













