Vinisius Junior “Real”da uzoq vaqt qolishni xohlamoqda

Vinisius Junior “Real”da uzoq vaqt qolishni xohlamoqda

«Real Madrid»ning braziliyalk vingeri Vinisius Junior Chempionlar ligasining “Bavariya”ga qarshi o‘tkaziladigan chorakfinalidan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ushbu anjuman doirasida Vinisius jamoadagi kelajagiga bo‘lgan umidlari haqida gapirib o‘tdi.

\"Men “Real”da uzoq yillar qolishni istayman. Shartnomamda yoshligim va ko‘p vaqtim bor, shuning uchun menda umid kuchli. Prezident Florentino Peres menga ishonadi. Kelajakda shartnomamni uzaytirish uchun qulay vaqt kelganida buni amalga oshirishim mumkin. Bu yerda yana ko‘p yillar qolishga intilaman, chunki “Real” — mening orzuimdagi klub\", — dedi Vinisius.

Maʼlumot o‘rnida, Vinisius Juniorning “Real” bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.