“Bashakshehir” safarda “Kojaelispor”ni mag‘lub etolmadi

Turkiya Superligasining 28-turida “Bashakshehir” safarda “Kojaelispor” bilan kuch sinashdi. Garchi o‘yinda gol urishga yaqin bir nechta vaziyatlar bo‘lgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi va bahs 0:0 hisobida yakunlandi.
O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 84-daqiqada zaxiraga olindi. Ushbu o‘yinda Abbosbek Fayzullayev jarohati sababli ishtirok etmadi.
Turkiya Superligasi, 28-tur:
Kojaelispor — Bashakshehir 0:0
Bashakshehir: Muhammed, Umar Ali, Duarte, Opoku, Operi, Kemen, Umut, Yusuf, SHOMURODOV, Harit (Brnich, 73), Zelke (Yildirim, 60).
Mazkur natijadan so‘ng, “Bashakshehir” 44 ochko bilan 6-o‘rinni egalladi, “Kojaelispor” esa 34 ochko to‘plab, 8-pog‘onada joylashdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













