O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha TOP-10 ga kirdi

O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha TOP-10 ga kirdi

Visual Capitalist ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin qazib oluvchi davlatlar o‘ntaligiga kirdi. Mamlakat yiliga 129,1 tonna oltin qazib olib, reytingda 10-o‘rinni egallagan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa O‘zbekiston yetakchi hisoblanmoqda. Qozog‘iston 87 tonna ko‘rsatkich bilan mintaqada ikkinchi o‘rindan joy olgan.

Dunyo reytingida birinchi o‘rinni Xitoy egallab turibdi. Mamlakat yiliga 380,2 tonna oltin qazib olib, jahon ishlab chiqarishining 10 foizdan ortig‘ini ta’minlamoqda.

Ikkinchi o‘rinda Rossiya 330 tonna bilan qayd etilgan bo‘lsa, Avstraliya 284 tonna natija bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan. Shuningdek, Kanada, AQSH, Gana, Meksika, Indoneziya va Peru ham yirik oltin ishlab chiqaruvchilar qatoridan o‘rin olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.