"Atletiko Madrid" – "Barselona": Umumiy hisobda madridliklar ustun keldi

"Atletiko Madrid" – "Barselona": Umumiy hisobda madridliklar ustun keldi

UEFA Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvida \"Barselona\" safarda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, biroq bu natija ularning keyingi bosqichga chiqishi uchun yetarli bo‘lmadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (umumiy hisob 3:2) \"Atletiko Madrid\" yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘yinda Lamin Yamal va Ferran Torresning gollariga mezbonlar safida Ademola Lukman bir bor javob qaytardi.

Statistika bo‘yicha \"Barselona\" 59% to‘p nazorati va 9 ta aniq zarba bilan yaqqol ustunlik qilgan bo‘lsada, birinchi o‘yindagi Madrid klubining muvaffaqiyati umumiy natijani belgilab berdi. Erik Garsiyaning uchrashuv oxiridagi qizil kartochkasi kataloniyaliklarning vaziyatini yanada qiyinlashtirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.