Luis Enrike: Uxlab qolmasam «Real» – «Atletiko» o‘yinini ko‘raman

Luis Enrike: Uxlab qolmasam «Real» – «Atletiko» o‘yinini ko‘raman

\"Barselona\" bosh murabbiyi Luis Enrike \"Real\" va \"Atletiko\" o‘rtasida kechadigan o‘yin haqida fikr bildirdi, deb yozadi \"Uff.uz\".

\"O‘yin soat nechada? Kunduzgi to‘rtda? Ha, balki men uni tomosha qilarman, agar tushlikdan so‘ng uxlab qolmasam, albatta.

Bu o‘yinda \"Atletiko\"ning imkoniyatlari \"Real\" bilan bir xilda. Har ikki jamoaga ham ochko kerak va bunday o‘yinlar har doim o‘zgacha kechadi.

O‘yin qayerda o‘tishi esa uning taqdiriga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ammo oxirgi yillarda bu hal qiluvchi ahamiyat kasb etmasligini ko‘rdik. Bizni juda qiziqarli o‘yin kutib turibdi\", - deydi Enrike.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.