Manba Neymarning «El-klasiko»ni o‘tkazib yuborishi aniq ekanini aytmoqda

Manba Neymarning «El-klasiko»ni o‘tkazib yuborishi aniq ekanini aytmoqda
«Barselona» hujumchisi Neymar «Real»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Bu haqda Marca nashriga asoslanib \"Kun.uz\" xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Ispaniya futbol federasiyasi hakamlik qo‘mitasi Neymarni 3ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilishga qaror qilgan. Bunda qizil kartochka uchun standart bitta o‘yin, va Neymarning o‘yindan chiqib ketish jarayonida hakamlarni kinoyali olqishlagani uchun yana ikki uchrashuvga chetlatilishi ko‘zda tutilgan.

Natijada, braziliyalik futbolchi «Real Sosedad», «Real» va «Osasuna»ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi kerak bo‘ladi.

Bu haqda rasmiy xabar ertaga beriladi. «Barselona» bu qaror yuzasidan apellyasiya berishi kutilmoqda, ammo oxir-oqibatda bu shikoyat qondirilmaydi – chunki qoidalarga ko‘ra, bunday jazolar hech bir sabab bilan bekor qilinmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.