Ronaldu hal qiluvchi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat qildi

Ronaldu hal qiluvchi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat qildi

Portugaliyalik futbol yulduzi, Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasining navbatdagi muhim uchrashuvi arafasida muxlislarga murojaat yo‘lladi. \"Al-Nasr\" FC hujumchisi ushbu fikrlarini X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘i orqali bildirib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, muxlislarning doimiy qo‘llab-quvvatlovi jamoaga katta ruhiy kuch bag‘ishlab kelmoqda:

“Har hafta bizni qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat. Stadionda bo‘lsin, uyda bo‘lsin yoki dunyoning boshqa nuqtasida — sizlarning energiyangiz maydonda biz bilan birga. Keling, buni natijaga aylantiraylik. Biz uchun, siz uchun, ‘Al-Nasr’ uchun. Uchrashuvda ko‘rishamiz!”, — deya yozdi Ronaldu.

Ma’lumki, bugun, 12 may kuni \"Al-Hilol\" SFCga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs mavsumning eng muhim uchrashuvlaridan biri hisoblanadi. O‘yin “Al-Avval Park” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Hozirgi turnir jadvaliga ko‘ra, “Al-Nasr” o‘z raqibi “Al-Hilol”dan 5 ochko oldinda bormoqda. Biroq “Al-Hilol”ning bitta zaxira o‘yini mavjudligi sababli, bugungi to‘qnashuv amalda chempionlik taqdirini hal qilishi mumkin.

Agar “Al-Nasr” ushbu bahsda g‘alaba qozonsa, jamoa chempionlik poygasida yaqqol favoritga aylanadi. Shu bois uchrashuv nafaqat jamoalar, balki muxlislar uchun ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.