“Lokomotiv” Minsk shahrida ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘radi

“Lokomotiv” Minsk shahrida ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘radi
“Lokomotiv” futbolchilari kecha O‘zbekiston kubogi chorak final o‘yinlari doirasida “Buxoro” jamoasi maydoniga safar uyushtirishdi hamda 0:0 hisobida durang o‘ynashdi.

Shu tariqa, milliy chempionatimiz birinchi davrasi doirasidagi barcha uchrashuvlarini ham o‘tkazib ulgurgan jamoamiz vakillariga bugundan qisqa ta’til e’lon qilindi. Unga ko‘ra, “temiryo‘lchilar” 5 kunlik ta’tilga chiqishdi. 10 iyul sanasida “Lokomotiv” futbolchilari yana klub qarorgohida to‘planishadi va jamoa xorij yig‘inini o‘tkazish uchun Belorussiya poytaxti Minsk shahriga yo‘l oladi.

Xorij yig‘ini davomida qaysi jamoalar bilan sinov-nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi xususida keyinroq yana ma’lumot beriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.