An’anami yoki sensasiya? «Arsenal» mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi


Angliya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan \"Arsenal\" hamda \"Vest Xem\" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda 0:2 hisobi qayd etilib, mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab hisobni 43-daqiqada Kuyate ochdi. Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i 57-daqiqada Sarate \"Vest Xem\" ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Bir tomondan bu hisobni ko‘pchilik kutmagandi. Ikkinchi tomondan esa, \"Arsenal\" ko‘pincha mavsumni omadsiz boshlaydi. Bu safar ham shunday bo‘ldi.
Go‘yoki \"to‘pchilar\" takribida hujumchi yo‘qdek. Venger kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirgach, o‘yin surati biroz oshgandek bo‘ldi. Ammo, bu narsa hisobda o‘z aksini topmadi.
Shu tariqa, \"Arsenal\" ilk turni mag‘lubiyat bilan boshladi.
Angliya chempionati, 1-tur
Arsenal – Vest Xem 0:2
Gollar: 0:1 – 43 Kuyate, 0:2 – 57 Sarate.
Arsenal – Chex, Debyushi (Sanches, 67), Koselni, Mertesaker, Monreal, Kasorla, Koklen (Uolkott, 58), O‘zil, Oksleyd-Chemberlen, Remzi, Jiru.
Vest Xem – Adrian, Rid, Oksford (Nolan, 79), Kressuell, Ogbonna, Tomkins, Kuyate, Nobl, Paye, Sarate (Jarvis, 63), Sako.
Ogohlantirishlar: Nobl (5), Ogbonna (7), Tomkins (37), Monreal (69).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













