Shota Arveladze: Dastlabki mashg‘ulotlardan iliq taassurotdaman

Shota Arveladze: Dastlabki mashg‘ulotlardan iliq taassurotdaman
\"Paxtakor\" jamoasi bosh murabbiyi Shota Arveladze yakshanba kungi mashg‘ulotdan keyin jamoadagi dastlabki kunlari bo‘yicha fikr bildirdi.

\"Jamoa bilan ishlashga kirishdik. Hozircha iliq taassurotlarga egaman. Mashg‘ulotlarni boshladik. Mehnat qilish uchun ishtiyoq etarli. Biz ikkinchi davrada ko‘plab ochkolar jamg‘arishimiz zarur. Ishlaymiz va qolganini vaqt ko‘rsatadi. Butun klub, xodimlar, rahbariyat, futbolchilar va klub Prezidentida yuqori ishtiyoq mavjud.

Qisqa muddat ichida mashg‘ulot o‘tkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo etildi. Tashkiliy ishlar a’lo darajada bajarildi. Bu ishlar qisqa muddatni emas, balki uzoqni ko‘zlagan holda amalga oshirilmoqda. Yig‘inlarda yaxshi holatga kirib olishga intilamiz\", - deb ta’kidladi Shota Yustinovich.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.