«Bunyodkor» Toshkentda «Neftchi»ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘llanma oldi

«Bunyodkor» Toshkentda «Neftchi»ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘llanma oldi
O‘zbekiston kubogi musobaqasining chorak finalidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Neftchi” uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi, deb yozmoqda Uff.uz sayti.

Avval hisobni “Neftchi” vakillari ochishgandi, ammo “qaldirg‘ochlar” o‘z maydonlarida to‘p surayotganligi sabab oradagi muvozanatni tenglashtirishga erishishdi.

Nafaqat tenglashtirish va yana 2 ta gol urishni ham uddasidan chiqishdi. Vadim Chemirtan, Doston Hamdamov va Otabek Shukurovlarning kiritgan to‘plari “Bunyodkor”ga Vadim Abramov boshqaruvidagi “Neftchi”ni mag‘lubiyatga uchratishga etarli bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.