"Barselona" La Liga tarixidagi eng yaxshi startini namoyish etdi

"Barselona" La Liga tarixidagi eng yaxshi startini namoyish etdi
\"Barselona\" klubi Ispaniya chempionatlari tarixidagi eng yaxshi startini namoyish etdi.

El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, jamoa chempionat o‘yinlarini hali bundan ham zo‘r boshlamagan edi.

\"Blaugranas\" dastlabki uch turda \"Betis\", \"Alaves\" va \"Espanol\"ni umumiy 9:0 hisobida yengdi.

Ta’kidlash joizki, 2013/2014 mavsumda ham xuddi shunday natija qayd etilgandi. O‘shanda Xerardo Martino shogirdlari uchta o‘yinda ham g‘alaba qozongan, biroq, to‘plar nisbati 11:2 bo‘lgan.

Manba: Stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.