Kristian Rodriges: Suares dunyoning eng yaxshi futbolchisi, u Messi va Ronaldudan kuchliroq

Kristian Rodriges: Suares dunyoning eng yaxshi futbolchisi, u Messi va Ronaldudan kuchliroq
Kristian Rodriges: Suares dunyoning eng yaxshi futbolchisi, u Messi va Ronaldudan kuchliroq

Urugvaylik yarim himoyachi Kristian Rodriges hamyurti Luis Suaresni dunyoning eng kuchli futbolchisi deb bilishini aytib o‘tdi. Ilgari \"Atletiko\", \"Portu\" va \"Benfika\" sharafini himoya qilgan tajribali futbolchi Suaresni Ronaldu va Messidan kuchliroq deb atagan.

\"Suares Messi va Ronaldudan kuchliroq. Men bunga ishonaman.

U har doim hujumda o‘ynaydi va mudom boshini baland tutib, oldinga yuradi. U kichik xududda ham raqiblarini aldab o‘tishi mumkin. Shaxsan o‘zim uni dunyoning eng kuchli futbolchisi deb bilaman\", - deydi Rodriges.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.