OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Toshkentga yetib keldi

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Toshkentga yetib keldi
Yuqori martabali mehmonni “Toshkent Xalqaro Aeroporti”da O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, federatsiya mas’ullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

Tashrif doirasida OFK prezidenti bir qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular davomida Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa yurtimizda futbolni rivojlantirish va yoshlar orasida yanada ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi.

Shuningdek, konfederatsiya prezidenti 4 dekabr kuni “Bunyodkor” – “Lokomotiv” o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib borib, g‘olib jamoaga Kubokni topshiradi.

OFK prezidentining yurtimizga tashrifi O‘zbekiston futbol federatsiyasining Osiyo Futbol Konfederatsiyasi bilan hamkorlikdagi loyihalarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Manba: www.the-uff.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.