Pike: Birga-bir vaziyatda Neymar Messidan kuchliroq


\"Barselona\" klubi himoyachisi Xerard Pike jamoadoshi Neymar xususida gapirib o‘tdi.
Uning fikricha, o‘yindagi xatti-harakatlar bo‘yicha braziliyalik hujumchi teng kela oladigan futbolchi dunyoda yo‘q ekan.
\"Barselona\"ga o‘tganimdan beri jamoaviy futbolchilar orasida Neymarga etadiganini ko‘rmadim.
Ha, u Messi jamoa etakchisi ekanligini angladi. Lekin, Leo yo‘qligida u o‘yinni o‘z qo‘liga oldi va yanayam kuchliroq o‘ynashni boshladi.
Birga-bir vaziyatga Neymar Messidan ham kuchli. Unga hech kim tenglasha olmaydi\", - deydi Movistar nashri Pike so‘zlarini keltirib.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













