Mxitaryan 2013 yildan buyon "Arsenal"da hech kim qila olmagan ishni qildi

Mxitaryan 2013 yildan buyon "Arsenal"da hech kim qila olmagan ishni qildi
Yaqindagina MYudan “Arsenal”ga ko‘chib o‘tgan Genrix Mxitaryan kecha premer-liganing navbatdagi turida “Everton”ga (5:1) qarshi bahsda o‘zini har tomonlama ko‘rsata oldi.

Aniqrog‘i, armanistonlik futbolchi 2013 yildan buyon “Arsenal” safida APLning 1 ta uchrashuvida 3 tadan ko‘p golli uzatma oshirgan birinchi futbolchi bo‘ldi. U shu kuni jamoasining 3 ta golida bevosita ishtirok etdi.

Eslatib o‘tish lozimki, 2013 yilning may oyida Santi Kasorla “Uigan”ga qarshi bahsda “Arsenal”ning 4 ta goliga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.