Bugun Toshkentda boks titanlari o‘zaro to‘qnash keladi: Uzbek Tigers — Cuba Domadores

Bugun Toshkentda boks titanlari o‘zaro to‘qnash keladi: Uzbek Tigers — Cuba Domadores
Bugun — 27 fevral kuni Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida boks dunyosida tobora ommaviylashib borayotgan WSB musobaqasining navbatdagi to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi, deb yozmoqda Daryo nashri.

O‘zbekiston boks federatsiyasiga qarashli Uzbek Tigers jamoasi WSB turnirining doimiy favoritlaridan biri bo‘lgan Cuba Domadores klubiga qarshi ringga chiqadi. Tomonlarning Kubada o‘tgan birinchi to‘qnashuvida mezbonlar har 5 ta jangni o‘z foydasiga hal qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

C2 a’zolarining mag‘lubiyati uchun bugun S1 vakillari o‘ch olishga urinib ko‘radi. Uning safida Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov, Sanjar Tursunov kabi bokschilar bor.

Uzbek Tigers — Cuba Domadores
  • -49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Xoanis Argilagos
  • -56 kg: Shahobiddin Zoirov — Robeysi Ramires
  • -64 kg: Iqbol Xoldorov — Endi Kruz
  • -75 kg: Isroil Madrimov — Arlen Lopes
  • -91 kg: Sanjar Tursunov — Erislandi Savon

Bugun Toshkentda boks titanlari o‘zaro to‘qnash keladi: Uzbek Tigers — Cuba Domadores
Janglar Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.