Muay taychilarimiz jahon chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Muay taychilarimiz jahon chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi
Tailandning Bangkok shahrida tashkil etilgan muay tay bo‘yicha 15-jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Muay taychilarimiz jahon chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi
Yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Shahruz Jo‘rayev (41 kg), Sarvarbek Shermuhammedov (45 kg), Bahodir Asqarjonov (46 kg), Bahromjon Tojiyev (32 kg), Kamron Husanov (28 kg) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Abdurashid Baxtiyorov (26 kg) kumush va Mavlonbek Jovliyev (57 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘smirlar o‘rtasida Temur Jabborov (75 kg), Shahriyor Jo‘rayev (60kg) oltin, Dilshodbek Xolmirzayev (48 kg), Boburbek (51kg) Hakimov kumush va Qobiljon Hojiyev (57 kg), Abdulhay Karimov (51 kg), Parvizjon Asrorov (67 kg), Sardor Jo‘rayev bronza medali bilan taqdirlanishdi. Qizlardan esa Madinabonu Qodirova (51 kg) ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Kattalar bellashuvlarida Mironshoh Ubaydullayev (54 kg) oltin, Shahboz Muysinov (57 kg) kumush hamda Jahongir Inomjonov (60 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.