Xorvatiyalik futbolchi ko‘krak qismiga to‘p tegib halok bo‘ldi (video)

Xorvatiyalik futbolchi ko‘krak qismiga to‘p tegib halok bo‘ldi (video)
Foto: “Kurir.mk”
Xorvatiyada o‘yin vaqtida 25 yoshli yarim himoyachi Bruno Boban hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Fojea Xorvatiyaning uchinchi ligasida, “Marsoniya” va “Slavoniya” uchrashuvida ro‘y berdi. Ko‘krak qismiga to‘p tekkanidan biroz o‘tib, futbolchi maydonga qulagan. Avvaliga jamoa shifokorlari, so‘ng tez yordam mutaxassislari futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatgan. Biroq bu naf bermagan. O‘lim sababi tekshiruvlardan keyin ma’lum qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.