Hind bokschisi: "Olimpiada chempionini mag‘lub etishni orzu qilgandim"

Hind bokschisi: "Olimpiada chempionini mag‘lub etishni orzu qilgandim"
Hindistonlik bokschi Lalbiakkima Nutlai Hasanboy Do‘smatovni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng o‘z xursandchiligini yashira olmadi.

\"Hasanboy Do‘smatovni mag‘lub etganimdan xursandman. Axir u birinchi raqamli bokschi, Olimpiya o‘yinlari chempioni! Men eng zo‘r bokschini mag‘lub etishni istagandim, orzuimga yetdim. G‘alabani qo‘lga kiritish qiyin bo‘ldi.

Turnir tashkilotchilaridan mamnunman. Men birinchi marotaba ushbu musobaqaga keldim. Hindistonliklar ilk marotaba Olimpada chempionini mag‘lub etishdi. Bundan juda xursandman\", - dedi hindistonlik bokschi.

Manba: olamsport.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.