Lopetegining "Real"dagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Lopetegining "Real"dagi maoshi ma’lum bo‘ldi
Ispan nashrlari Madridning “Real” klubi yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini ma’lum qildi.

Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi “Santyago Bernabeu”da yiliga 6 mln yevro maosh oladi. Bu milliy terma jamoadagiga nisbatan ikki baravar ko‘p degani.

Eslatib o‘tamiz, Lopetegi “Real” bilan kelishuvga erishganligi sababli JCh-2018 startiga bir kun qolganida lavozimidan ozod qilingan. Lopetegi qo‘l ostida ispanlar ikki yil ichida 20 o‘yin o‘tkazib, biror marta mag‘lubiyatga uchramadi. 14 g‘alaba, 6 durang.

Hozirda Ispaniya terma jamoasini Fernando Yerro boshqarmoqda. Ikki turdan so‘ng jamoa Portugaliya termasi bilan guruhda yetakchilik qilmoqda.




"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.