Xiddink: "Messiga juda ham achinaman"

Xiddink: "Messiga juda ham achinaman"
Argentina terma jamoasi o‘yinchisi Lionel Messini ushbu jahon chempionatida ko‘p tanqid qilinmoqda. Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Gus Xiddink ham Messi haqida fikr bildirib o‘tdi. Xiddinkning ta’kidlashicha, Lionel Messi o‘ynaydigan jamoadoshlariga juda ham bog‘liq.

«Men Messiga juda ham achinaman, chunki har qanday futbolchi kabi jamoadoshlariga bog‘liq. Hattoki eng kuchli futbolchilar ham. Argentina termasi va «Barselona» klubi – har xil jamoa. «Kamp Nou»da jamoa o‘yinini quradigan yarim himoyachilar bor – Buskets, Inesta, Rakitich. Terma jamoada esa bunday futbolchilar yo‘q, Messining o‘zi markazga kelib hujum boshlashga majbur bo‘lmoqda. U qanday qilib hujumni boshlashi va yakunlashi mumkin?», - deydi Xiddink.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.